
Farg‘ona viloyati haqida nimalarni bilamiz?
Bugun EVENT.UZ kanalida Farg‘ona shahri bilan bog‘liq uchta noodatiy fakt haqida qiziqarli post e’lon qilindi.
Biz esa ushbu mavzuni davom ettirib, Farg‘ona viloyati haqida bir nechta faktni aytib bermoqchimiz.
Farg‘ona viloyati — O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining yuragi. Bu yerda o‘nlab yillar davomida ishlab chiqarish an’analari, professional maktab va to‘qimachilik bilan ishlash madaniyati shakllangan.
Aynan shu hududdan O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning turli mamlakatlariga yetkazib beriladi. Farg‘ona viloyati mamlakatning yetakchi eksport hududlari qatoriga kiradi, mahalliy korxonalar mahsulotlarini esa bugungi kunda turli xalqaro bozorlarda uchratish mumkin.
Farg‘ona viloyati Global Textile kompaniyasining tarixi va rivojlanishida ham alohida o‘rin tutadi. Bu yerda kompaniyamizning paxta dalalari, paxta tozalash va yigiruv korxonalari, trikotaj mato ishlab chiqarish, bo‘yash-pardozlash hamda tikuvchilik ishlab chiqarish yo‘nalishlari joylashgan.
Farg‘ona haqida qaysi faktni tanlamaylik, biz uchun eng alohida jihat bitta: bu yerda nihoyatda mehribon va samimiy insonlar yashaydi. Ularning ko‘pchiligi Global Textile jamoasining bir qismi ekanidan mamnunmiz.