Izlash

Futbolka: nega ba’zilari shaklini saqlaydi, boshqalari esa yo‘q

13/04/2026

Futbolka: nega ba’zilari shaklini saqlaydi, boshqalari esa yo‘q

Bugungi kunda yurak urishi, nafas olish, tana harorati va boshqa ko‘rsatkichlarni kuzatishga imkon beradigan maxsus sensorli futbolkalar mavjud. Bu qanchalik haqiqatga yaqin — aniq emas, chunki ma’lumotlar asosan internet manbalaridan olingan, shuning uchun bunga ishonish yoki ishonmaslikni o‘zingiz hal qilasiz.Lekin bu fakt sanoat qaysi yo‘nalishda rivojlanayotganini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, oddiy futbolkada hammasi funksiyalarda emas, balki u foydalanishda o‘zini qanday tutishida.

Buni ayniqsa yuvilgandan keyin ko‘rish mumkin. Bir futbolka o‘z holatini saqlab qoladi, boshqasi esa shaklini yo‘qota boshlaydi, yoqasi cho‘ziladi, mato o‘z elastikligini yo‘qotadi.

Bu tasodif emas va foydalanishdagi ehtiyotkorlikka ham bog‘liq emas.

Bu bir nechta omillar bir vaqtda to‘g‘ri ishlaganida yuzaga keladi. Iplar strukturani ushlab turishi kerak, trikotaj mato barqaror bo‘lishi kerak, ishlov berish yuvilgandan keyin kutilmagan o‘zgarishlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak, tikuv esa tayyor mahsulotda shaklni saqlab qolishi kerak.

Agar shu bosqichlarning birortasida muammo bo‘lsa, bu keyinchalik foydalanishda bilinadi.

Shuning uchun bir futbolka o‘z holatini saqlaydi, boshqasi esa tezda o‘zgaradi.

Global Textile’da bu jarayon tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Ip, mato va tayyor mahsulot har bir bosqichda nazorat va sinovdan o‘tadi, shuning uchun natija bitta omilga emas, balki barcha omillarning birgalikdagi ishlashiga bog‘liq bo‘ladi.

Va oxirida kichik kuzatuv. Erkaklar va ayollar futbolkani turlicha yechadi. Kuzatib ko‘ring. Ayollar odatda futbolkani pastki qismidan ushlab yuqoriga tortadi, erkaklar esa orqa tomonidan ushlab boshidan chiqaradi. Bu hali ham yechimi topilmagan kichik sir. Balki siz topib qolarсиз?