Izlash

Germaniyadan Nilsson Annen boshchiligidagi delegatsiya Global Textile Solutions kompaniyasiga tashrif buyurdi

Kecha, 2022 yil 16 noyabr kuni Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot Federal vazirligining parlamenti kotibi Nils Annen boshchiligidagi delegatsiya “Global Textile Solutions”ga tashrif buyurdi.

Tashrif “O’zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilxom Xaydarovning bugungi kundagi O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining salohiyati haqidagi nutqi bilan boshlandi. Shundan so‘ng Global Textile kompaniyalar guruhi rahbari Muzaffar Razakov, paxta-to‘qimachilik klasterining ishlash prinsiplarini kompaniya misolida prezentatsiya shaklida ko‘rsatib, tushuntirib berdi.

Keyinchalik tashrif muzokaralar stoliga o‘tdi. Unda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan klasterlarning ish samaradorligi muhokama qilindi. Jumladan, xalqaro standartalar asosida ishni tashkil etish, eksport salohiyati, investitsiya loyihalarni moliyalashtirish va taʼlim loyihalarini amalga oshirish kabi mavzularga atroflicha to‘xtalindi.

Tashrif davomida GTS to‘qimachilik majmuasi bo‘ylab mehmonlar uchun ekskursiya tashkil etildi. Martabali mehmonlarga M.Razakov hamrohlik qildi.

Aytish joiz, komaniyaning ishlab chiqarishdagi innovatsion yechimlari, qolaversa butun O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi taraqqiyoti delegatsiya aʼzolarida katta taassurot qoldirdi. 

Germaniyadan Nilsson Annen boshchiligidagi delegatsiya Global Textile Solutions kompaniyasiga tashrif buyurdi