Izlash

Germaniyaning eng yirik palatasi Global Textile’da

11/09/2025

Bugun Global Textile’ning Toshkentdagi korxonalaridan biriga Germaniyaning eng yirik savdo-sanoat palatalaridan biri – Industrie- und Handelskammer Düsseldorf delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida palata oʻzbek kompaniyalarini nemis biznesi bilan hamkorlikka chorlaydi va mahalliy tajriba bilan tanishadi. Global Textile korxonasi namuna sifatida tanlandi va mehmonlar bu yerda toʻqimachilik sohasidagi ish jarayonlarini oʻrgandilar. Ular ip yigirish bosqichlarini koʻrib, texnologiyalar va sifat nazorati qanday tashkil etilganini oʻz koʻzlari bilan kuzatdilar. Bunday tashriflar muloqotni rivojlantirish va kasbiy tajriba almashishga xizmat qiladi.

Germaniyaning eng yirik palatalaridan biri tomonidan bildirilgan e’tibor Oʻzbekiston tajribasi xalqaro kasbiy muloqotda tobora koʻproq tan olinayotganini va talabgor boʻlib borayotganini koʻrsatadi.