Gesamtmasche kompaniyasi tashrifi
29/01/2026

Global Textile’da biz doimiy ravishda rivojlanish nuqtalarini izlaymiz va tashqaridan beriladigan yangi g'oyalarni qadrlaymiz, aynan shu orqali yangi g‘oyalar va aniqroq yechimlar paydo bo‘ladi.
Kompaniyamiz korxonalariga Gesamtmasche kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar kompaniya faoliyati bugungi kunda qanday tashkil etilganini ko'rib chiqishdi, shuningdek Global Textile ishlab chiqarayotgan mahsulotlar assortimenti bilan batafsil tanishishdi.
Uchrashuv ochiq muloqot formatida o‘tdi: mavjud imkoniyatlar, rivojlanish yo‘nalishlari muhokama qilindi va kelgusida nimalarni kuchaytirish hamda yaxshilash mumkinligi yuzasidan fikrlar almashildi. Biz uchun bunday uchrashuvlar har doim foydali tajriba almashinuvi va odatiy jarayonlarga yangi nigoh bilan qarash imkoniyatidir.