Global Textile «AgroForum Turkistan 2023» forumida ishtirok etdi
23/03/2023

Forum dasturi sermahsul bo‘lib, unda jumladansuv resurslari cheklangan sharoitlarda davlat ko‘magi hamda eksportni rivojlantirish yo‘li bilan agrobiznes o‘zini qoplay olishi kabi masalalar muhokama qilindi.
Biz uchun forumda ishtirok etish Global Textile Turkestan loyihasini amalga oshirish doirasida juda muhim edi. Bu ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Forum doirasida Qozog‘istonda tekstil-to‘qimachilik klasterini barpo etish to‘g‘risida Global Textile va Turkiston viloyati akimati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.