Izlash

Global Textile delegatsiyasi Germaniyada bo‘lib o‘tgan AMATECHNICA 2026 ko'rgazmasida ishtirok etdi

25/05/2026

Global Textile delegatsiyasi Germaniyada bo‘lib o‘tgan AMATECHNICA 2026 ko'rgazmasida ishtirok etdi

Avval ham ta’kidlaganimizdek, Global Textile kompaniyasining agraryo‘nalishida raqamli texnologiyalar kundalik ish jarayonining muhim qismiga aylangan.

Bugungi kunda Smart Farming juda tez rivojlanmoqda va sohadagi global jarayonlar hamda zamonaviy texnologik yechimlarni muntazam o‘rganib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

21-may kuni Global Textile delegatsiyasi Germaniyada bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etdi hamda Hasbergen-Gaste shahridagi AMAZONE zavodida tashkil etilgan AMATECHNICA 2026 Dala kuniga tashrif buyurdi. Tadbir davomida aniq dehqonchilik, agrojarayonlarni avtomatlashtirish va qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishga oid zamonaviy yechimlar namoyish etildi.

Bunday tashriflar kompaniyamiz uchun amaliy jihatdan muhim hisoblanadi. Biz yangi texnologiyalar bilan tanishamiz, yetakchi ishlab chiqaruvchilarning tajribasini o‘rganamiz, professional aloqalarni rivojlantiramiz hamda o‘z tizimimizni yanada takomillashtirish uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan yechimlarni tahlil qilamiz.

Agrotexnologiyalar bozori juda tez rivojlanmoqda va biz bilim, tajriba hamda xalqaro hamkorlik orqali ushbu rivojlanish sur’atiga mos harakat qilishga intilamiz.

Zamonaviy qishloq xo‘jaligi bugungi kunda nafaqat texnika va resurslarni, balki yuqori aniqlik, tezkor qaror qabul qilish va jarayonlarni intellektual boshqarishni ham talab qiladi.

Global Textile kompaniyasi aynan shu yo‘nalishda o‘z agrartarmog‘ini rivojlantirishda davom etmoqda.