Global Textile butun ishlab chiqarish zanjiri bo‘yicha amfori BSCI A reytingini oldi

Endilikda Global Textile’ning ip yigirishdan tayyor mahsulot tikishgacha bo‘lgan butun ishlab chiqarish zanjiri amfori BSCI auditi bo‘yicha A reytingiga ega.

Xalqaro brendlar uchun amfori BSCI talablari ishlab chiqarish hamkorini tanlashdagi eng muhim mezonlardan biri hisoblanadi. Mustaqil audit davomida mehnat sharoitlari, xodimlarning salomatligi va xavfsizligi, mehnat huquqlariga rioya etilishi, boshqaruv tizimining samaradorligi, biznes etikasi hamda ijtimoiy mas’uliyat baholanadi.

A reytingi Global Textile ishlab chiqarish maydonlari yuqori xalqaro talablarga javob berishini va ijtimoiy mas’uliyat sohasida samarali boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yilganini tasdiqlaydi.

Mazkur natija kompaniya rivojlanishidagi navbatdagi muhim bosqich bo‘ldi. Avvalroq Global Textile O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Better Cotton Chain of Custody (BCI CoC) sertifikatini qo‘lga kiritib, mahsulot kuzatuvchanligini butun ishlab chiqarish zanjiri bo‘ylab tasdiqlagan edi.

Bugungi kunda xalqaro brendlar ishlab chiqaruvchilarni nafaqat mahsulot sifati, ishlab chiqarish quvvati va yetkazib berish muddatlari bo‘yicha baholaydi. Jarayonlarning shaffofligi, xodimlarga mas’uliyatli munosabat va xalqaro standartlarga muvofiqlik tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Butun ishlab chiqarish zanjiri bo‘yicha amfori BSCI A reytingini olish Global Textile’ning xalqaro brendlar talablariga mos ishlab chiqarishni izchil rivojlantirayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.