Izlash

Global Textile BCI standartlariga muvofiq sertifikatlandi!

Biz mamnuniyat bilan xabar qilamizki, Global Textile muvaffaqiyatli ravishda Better Cotton Initiative (BCI) sertifikatidan o'tdi.  

Bu nimani anglatadi?  

- Tabiat oldidagi mas’uliyat. Bizning paxtamiz atrof-muhitga minimal ta’sir bilan ishlab chiqariladi: kamroq suv, kamroq kimyoviy moddalar va sayyoramizga ko‘proq g‘amxo‘rlik.  
- Mas'uliyatli yondashuv. Biz fermerlarni qo‘llab-quvvatlaymiz, xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlaymiz va barcha bosqichlarda yuqori standartlarga rioya qilamiz.  
- Ishonchli sifat. BCI standartlariga mos mahsulot eng talabchan mijozlarning ehtiyojlarini qondiradi.  

Bu biz uchun yangi imkoniyatlarni ochadi va ekologiya hamda barqarorlikni qadrlaydigan mijozlarimizning ishonchini mustahkamlaydi. Eng muhimi, har bir olingan sertifikat yurtimizning xalqaro maydondagi obro‘sini oshiradi va biz bu yutuqqa o‘z hissamizni qo‘shganimizdan faxrlanamiz.