
Moskvada uchrashamiz!
17–19-noyabr kunlari Global Textile BEE-TOGETHER.ru xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etadi. Bu yerda kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilari, brendlar, xarid boʻyicha mutaxassislar va moda sanoati vakillari uchrashadi.
Bunday koʻrgazmalarga kimdir yangi kolleksiya gʻoyasi bilan, kimdir ishonchli ishlab chiqaruvchi izlab keladi. Yana kimdir Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati va uning imkoniyatlari bilan ilk bor tanishadi.
Stendimizda Global Textile mahsulotlarini namoyish etamiz, paxta dalalaridan boshlanib tayyor kiyim ishlab chiqarishgacha boʻlgan jarayonlar haqida soʻzlab beramiz. Bu ishlar ortida katta jamoaning mehnati turibdi. Uning natijasini soha mutaxassislariga koʻrsatish biz uchun quvonarli.
Mijozlarimizni, hamkorlarimizni, sohadagi hamkasblarimizni va Global Textile faoliyatiga qiziquvchi barcha mehmonlarni stendimizga taklif qilamiz!
Yangi tanishuvlar va eski doʻstlar bilan uchrashuvlardan mamnun boʻlamiz.
2026-yil 17–19-noyabr
Moskva, Radisson «Slavyanskaya» mehmonxonasi
Global Textile, 140-stend