Global Textile Better Work seminarida: barqaror hamkorlik sari qadam
Toshkentda o‘tgan Better Work seminari doirasida Global Textile vakillari soha mutaxassislari bilan birga O‘zbekistonning xalqaro bozordagi ishonchli va raqobatbardosh hamkor sifatida mavqeini mustahkamlash yo‘llarini muhokama qildi.
Tadbirda zamonaviy xarid strategiyalarining ishlab chiqarish va ishchi farovonligiga ta’siri, ta’minot zanjiridagi shaffoflikni kuchaytirish, etik me’yorlarga rioya qilish va komplayens tizimini rivojlantirish kabi dolzarb mavzular ko‘tarildi. “Paxtadan mijozgacha” deb nomlangan tashabbus esa butun qiymat zanjirini chuqurroq anglash va xalqaro buyurtmachilar bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun muhim vosita sifatida taqdim etildi.
Global Textile ushbu dasturning faol ishtirokchisi sifatida barqaror ishlab chiqarish tamoyillarini chuqurlashtirish va global ta’minot zanjirlariga yanada samarali integratsiyalashish yo‘lida ishini davom ettiradi.