Global Textile agroyo‘nalishi hududlarida raqamlashtirish va mehnat xavfsizligi bo‘yicha o‘quv seminarlari davom etmoqda

Global Textile agroyo‘nalishi faoliyat yuritayotgan barcha hududlarda sug‘orish jarayonlarini tashkil etish hamda nasos stansiyalaridan foydalanishga mas'ul mutaxassislar uchun o‘quv seminarlari davom etmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida mutaxassislar Cropwise raqamli platformasining imkoniyatlari bilan tanishmoqda, sug‘orish jarayonlarini boshqarish, sug‘orish va dala monitoringi bo‘yicha topshiriqlarni yaratish hamda bajarilgan ishlarni tizimda to‘g‘ri rasmiylashtirish tartibini o‘rganmoqda.

Shuningdek, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Nasos stansiyalari operatorlari elektr energiyasining aktiv va reaktiv hisoblagichlari ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri fotoqayd etish hamda ma'lumotlarni Cropwise tizimiga o‘z vaqtida kiritish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallamoqda.

Bunday seminarlar Global Textile kompaniyasining qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni joriy etish, mutaxassislar malakasini oshirish va ishlab chiqarish jarayonlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan tizimli ishlarining muhim qismi hisoblanadi.