Izlash

Global Textile Faxri

17/12/2025

Global Textile Faxri

Global Textile kompaniyasida xodimlarimizning kasbiy rivoji va ilmiy salohiyatiga katta ahamiyat beramiz. Shu sababli hamkasbimiz Inoyatov Sardor Baxtiyorovichning dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, PhD ilmiy darajasini qo‘lga kiritgani kompaniyamiz uchun muhim voqea bo‘ldi.

Uning ilmiy tadqiqoti iqtisodiyot raqamlashtirilayotgan sharoitda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini boshqarishni yanada samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan. Sodda qilib aytganda, bu ish zamonaviy texnologiyalar va boshqaruv yondashuvlari yordamida agrosohada ish jarayonlarini yaxshilash, rejalashtirish va nazoratni kuchaytirishga qaratilgan.

Global Textile agro yo‘nalishni izchil rivojlantirib kelmoqda va bunday ilmiy izlanishlar biz uchun katta ahamiyatga ega. Biz jamoamizda bilimli, o‘z ustida doimiy ishlaydigan va kompaniya hamda soha rivojiga intellektual hissa qo‘shayotgan mutaxassislar faoliyat yuritayotganidan faxrlanamiz.