JAMOAMIZ — CHEMPION!

Ba’zi g‘alabalarni birga nishonlashning zavqi boshqacha bo‘ladi.

Fahr bilan ma’lum qilamizki, Global Textile jamoasi kasaba uyushmasi tomonidan Farg‘ona shahridagi yirik tashkilotlar o‘rtasida o‘tkazilgan futbol turnirida 1-o‘rinni egalladi.

Bu g‘alaba ortida jamoaviy ruh, bir-birini qo‘llab-quvvatlash va oxirigacha kurashish mujassam. Yigitlarimiz har bir o‘yinda yagona maqsad yo‘lida birlashib, munosib natijaga erishishdi.

Futbolda ham, ishda ham katta natija jamoaning ahilligiga bog‘liq. Bir-biringni tushunish, qo‘llab-quvvatlash va umumiy maqsad sari birga harakat qilish har qanday jamoaning kuchidir.

Jamoamizni ushbu g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz. Bu muvaffaqiyatga hissa qo‘shgan va jamoani qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat.

Oldinda yana ko‘plab yorqin o‘yinlar, chiroyli gollar va yangi g‘alabalar bo‘lsin!

One Team — One Yurak! Birgalikda biz g‘alaba qozonamiz!