Global Textile Germaniya Elchisi bilan uchrashuvda
29/04/2025

Bugun biz o‘z ofisimizda Germaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Manfred Xutererni qabul qilish sharfiga muyassar bo‘ldik.
Germaniya — Global Textile uchun muhim hamkorlardan biri bo‘lib, oldimizda yangi hamkorlik istiqbollari ochilmoqda. Biz bir qator nemis kompaniyalari bilan hamkorlik qilmoqdamiz va qo‘shma loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqdamiz. Uchrashuv davomida nemis biznesi bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, yangi yo‘nalishlar va kelajak tashabbuslari muhokama qilindi.
Janob Elchiga mazmunli muloqot va bildirgan qiziqishlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.
To‘qimachilik sanoatining kelajagi aynan bugun yaratilmoqda — va biz bu jarayonning bir qismi bo‘layotganimizdan, xalqaro darajada ochiq hamkorlik qilayotganimizdan mamnunmiz.