Izlash

Global Textile GOTSni qo'lga kiritdi

19/02/2026

Global Textile GOTSni qo'lga kiritdi

Global Textile tikuv korxonasi auditdan muvaffaqiyatli o‘tib, GOTS xalqaro standarti bo‘yicha sertifikatni qo'lga kiritdi.

Bu degani, klasterimiz doirasida organik paxtadan mahsulot ishlab chiqarish endi xalqaro mezonlar asosida tasdiqlangan.

Brendlar uchun bu - aniq va ishonchli tizim: ishlab chiqarish jarayonlarining shaffofligi, har bir bosqichda to‘liq kuzatuv imkoniyati hamda organik mahsulotlarni bunday standartlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bozorlarga olib chiqish imkoniyati.

Soha uchun bu xalqaro talablar asosida ishlash sari qo‘yilgan navbatdagi amaliy qadamdir. Mamlakatimiz uchun esa - o‘zbek tekstiliga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlash va eksport salohiyatini kengaytirishdir.

Auditga tayyorgarlik jarayonida ishlab chiqarishning barcha bosqichlari puxta tahlil qilindi, hujjatlar bilan batafsil ish olib borildi va jarayonlarning to‘liq shaffofligi ta’minlandi. Biz GOTS talablari asosida muvofiqligimizni tasdiqladik va hamkorlarimiz bilan birgalikda organik yo‘nalishni izchil rivojlantirishga tayyormiz.