Izlash

Global Textile mutaxassislari texnikalarning GPS-monitoringi bo‘yicha treningda ishtirok etdi

23/06/2026

Global Textile mutaxassislari texnikalarning GPS-monitoringi bo‘yicha treningda ishtirok etdi

Yana bir necha yil avval daladagi texnikalar faoliyati asosan hisobotlar va kuzatuvlar orqali baholanardi.

Bugungi kunda esa ko‘plab jarayonlarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati mavjud. Harakat tezligi, yo‘nalishlar, yoqilg‘i sarfi, ish vaqti va boshqa ko‘plab ko‘rsatkichlar qishloq xo‘jaligi jarayonlarini boshqarishning muhim qismiga aylanmoqda.

Mazkur imkoniyatlardan samarali foydalanish maqsadida Global Textile agro yo‘nalishi mutaxassislari telematik tizimlar va texnikalarning GPS-monitoringi bo‘yicha amaliy treningda ishtirok etdi.

Trening davomida ishtirokchilar qishloq xo‘jaligi texnikalarini nazorat qilish va tahlil qilishda qo‘llaniladigan raqamli vositalarning imkoniyatlari bilan tanishdi hamda ma’lumotlardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ldi.

Bugungi zamonaviy qishloq xo‘jaligida ma’lumotlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aniq ma’lumotlar esa aniq qarorlar qabul qilish, samaradorlikni oshirish va jarayonlarni yanada samarali boshqarishga yordam beradi.