Global Textile va Indorama Agro paxtachilik sohasida tajriba almashmoqda

Har bir xoʻjalikning paxta yetishtirishda oʻziga xos yondashuvi, sinovdan oʻtgan yechimlari va yillar davomida toʻplangan tajribasi bor. Hamkorlarning faoliyati bilan bevosita dalada tanishish esa odatiy jarayonlarga boshqacha nazar tashlash va foydali gʻoyalarni kashf etish imkonini beradi.

Global Textile uchun bunday uchrashuvlar hamkorlar bilan ishlashning ajralmas qismiga aylangan. Biz muntazam ravishda bir-birimizning xoʻjaliklarimizga tashrif buyuramiz, texnologiyalarni muhokama qilamiz va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yanada samarali tashkil etish yoʻllarini birgalikda izlaymiz.

Ana shunday uchrashuvlardan biri strategik hamkorimiz Indorama Agro kompaniyasining paxta maydonlarida boʻlib oʻtdi.

Indorama Agro bilan bizni oʻzaro professional qiziqish va hamkorlik bogʻlab turadi. Ularning tajribasi biz uchun qimmatli, hamkorlarimiz esa Global Textile amaliyoti va ishlash usullariga qiziqish bildirmoqda. Biz paxta yetishtirishning zamonaviy texnologiyalari, dala ishlarini tashkil etish va samarali yechimlarni amaliyotga moslashtirish imkoniyatlarini birgalikda oʻrganamiz.

Bunday hamkorlikning eng katta foydasi oʻzaro almashilgan bilim va gʻoyalarni amaliy ishga tatbiq etish, mavjud jarayonlarni takomillashtirish hamda yangi imkoniyatlarni kashf etishdir.

Global Textile Indorama Agro jamoasiga mehmondoʻstlik, ochiqlik va tajriba almashishga tayyorligi uchun minnatdorlik bildiradi.