Izlash

Global Textile Infinity ga ekologik tashrif

O 'zbekiston Respublikasi ekologiya vazirligi vakillari, Farg'ona, Andijon, Namangan viloyatlari ekologlari, shuningdek, bloggerlar va jurnalistlar "zavod va korxonalarni ekologik toza energiyaga o'tishi" press-turi doirasida Global Textile Infinity to'qimachilik majmualarimizdan biriga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmonlarni korxonalarimizdagi ba'zi innovatsion yechimlarimiz xususan:
- Joriy yilning sentyabr oyida ishlab chiqarish korxonasida o'rnatilishi rejalashtirilgan quyosh panellari loyihasi;
- Hosil bo 'lgan oqova suvlarni qayta ishlash uchun mahalliy tozalash inshootlariga yo' naltirish tizimi;
- Ishlab chiqarishda foydalanilgan suvlarni qayta tozalash yo’li bilan samarali foydalanish tizimi;
- Ishlab chiqarish jarayonida hosil bo'lgan paxta chiqindi va changini yig’ish orqali yangi maxsulot- yoqilg'i briketlarini va chorva ozuqasini tayyorlash,
shuningdek korxonalarimizdagi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan boshqa loyihalar bilan tanishtirdik.

Biz "ekologik toza ishlab chiqarish" tamoyillariga sodiqmiz va har doim atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytirishga harakat qilamiz.

Global Textile Infinity ga ekologik tashrif