Global Textile ishchi tashriflari: birinchi bosqich yakunlandi
Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani Global Textile kompaniyasining mintaqalarga uyushtirilgan ishchi tashriflari doirasidagi yakuniy manzilga aylandi. Tashrif davomida pudratchilar, xodimlar hamda mahalliy hokimiyat vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, agrosoha bo‘yicha hamkorlikning asosiy masalalari muhokama qilindi.
Global Textile faoliyat yuritayotgan barcha hududlarning vakillari Farg‘onadagi ishlab chiqarish korxonalarimizga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif muhim bosqich bo‘ldi: ular butun ishlab chiqarish jarayoni — xom ashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayon bilan yaqindan tanishib, ish tizimini chuqurroq tushunish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa hamkorlikning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Bunday uchrashuvlarning zaruriyati va natijadorligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Shu bois, reja asosida ishchi tashriflar muntazam davom etadi. Aprel oyida biz yana barcha mintaqalarga tashrif buyurib, dolzarb vazifalarni muhokama qilamiz, keyingi bosqichlarni belgilaymiz va hamkorlikni yanada mustahkamlaymiz.