Izlash

Global Textile jamoasini birlashtiruvchi an'analar

20/02/2025

Global Textile kompaniyasida sumalak tayyorlash – jamoamizni birlashtiradigan ezgu an'ana. Biz allaqachon Farg‘onada qanday tayyorlaganimiz haqida gapirib o‘tgan edik.

Endi esa bayram Global Textile faoliyat yuritayotgan barcha hududlarni qamrab oldi – Toshkent viloyatidan to Surxondaryo viloyatigacha. Xodimlarimiz va hamkorlarimiz bir joyga to‘planib, sumalak tayyorlashdi, suhbat qurishdi, o‘z hikoyalari bilan o‘rtoqlashishdi va shunchaki iliq muhitda vaqt o‘tkazishdi.

Biz ishonamizki, kompaniyaning kuchi – uning insonlari va ularning jipsligida. Aynan shu sababli biz ilhomlantiradigan va jamoamizni yangi energiya bilan to‘ldiradigan an’analarni e’zozlaymiz va davom ettiramiz!