Global Textile Job Fair’da
21/02/2025

Ish yarmarkasini muvaffaqiyatli qiladigan narsa nima? Ilhom, imkoniyatlar va jonli muloqot! Bizning HR bo‘limi xodimlari Global Textile kompaniyasini Kimyo International University in Tashkent dagi Job Fair da taqdim etdilar, bu yerda 30 dan ortiq kompaniyalar yosh mutaxassislarga o‘z ish imkoniyatlarini taklif qildi.
Mutaxassislarimiz kompaniyamiz haqida batafsil ma’lumot berib, talabalarni to‘qimachilik ishlab chiqarish dunyosiga – paxtadan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonga oshno qildilar. Mahsulotlarimizni namoyish etdik, kasbiy imkoniyatlar bo‘yicha suhbatlashdik, korxonalarimizga ekskursiya tashkil etish bo‘yicha kelishib oldik va talabalar uchun muntazam ravishda taqdim etilayotgan stajirovkalar haqida so‘zlab berdik. Masalan, ayni paytda bizda to‘rtta iqtidorli kelajakdagi moda dizayneri amaliyot o‘tamoqda va sohada haqiqiy tajriba orttirmoqda.
Ishonchimiz komilki, bunday tadbirlar orqali yoshlarga kompaniyamiz haqida ko‘proq bilish va o‘z kasbiy yo‘lini tezroq topish imkoniyati yaratiladi. Biz esa o‘z tajribamiz bilan o‘rtoqlashish va yangi iste’dodlarga eshik ochishdan mamnunmiz!