Global Textile kasaba uyushmasi faollari
12/11/2025

Bu yil mamlakatimizda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi nishonlanmoqda. Muhtaram prezidentimiz ta’kidlaganidek - kasaba uyushmalari millionlab insonlarning sha’ni va huquqlarini himoya qiluvchi, fuqarolik jamiyatining muhim qismiga aylandi.
Ko‘pchilik kasaba uyushmasi faqat xodimlarga yo‘llanma ajratish, sovg‘a ulashish va bayram tabriklari bilan shug‘ullanadi - deb o‘ylaydi. Aslida esa ularning faoliyati bundan ancha kengroq va mas'uliyatliroqdir.
Global Textile’ kompaniyasida kasaba uyushmasi ishchi-xodimlarning haqiqiy tayanchi hisoblanadi. Bu yerda kasaba uyushmasi faollari ijtimoiy jihatdan jonkuyar, fidoiy, ilg`or xayotiy pozitsiyaga ega insonlar, optimist va professionallar, ijodiy ishlarning moxir tashkilotchilari va novatorlaridir.Ular jamoa manfaatlari yo‘lida ishlaydi, hamkasblarini qiyin paytlarda qo‘llab-quvvatlaydi, ish joyida xavfsizlik va qulaylikni ta’minlashga yordam beradi, jamoada hurmat va ishonch muhitini saqlaydi. Kasaba uyushmasi mehnat faxriylariga e’tibor ko‘rsatadi, ularni e’tiborsiz qoldirmaydi va yosh xodimlarning kasbiy o‘sishiga yordam beradi.
Global Textile’ komponiyasi kasaba uyushmasi - butun mexnat jamoasini birlashtiradi, o‘zaro yordam va ertangi kunga ishonch muhitini yaratadi.