Global Textile Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan Textile Salon xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etadi!
06/08/2025

Hurmatli hamkorlarimiz, mijozlarimiz va mijozimiz bo‘lishni istayotganlar!
Siz bilan bizni o‘zimiz ham orziqib kutgan yangilik bilan bo‘lishmoqchimiz, Global Textile Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan Textile Salon xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etadi!
2–4 sentabr kunlari biz to‘qimachilik sanoatidagi eng yirik voqealardan birining ishtirokchisiga aylanamiz. Bu ko‘rgazmada sanoat yetakchilari jam bo‘ladi, yangi yo‘nalishlar taqdim etiladi va istiqbolli hamkorliklar boshlanadi.
B-28 raqamli stendimizda quyidagilarni namoyish qilamiz:
???? Yangi kolleksiyalar
???? Innovatsion texnologiyalar
???? To‘qimachilikka Global Textile nigohi – yangicha yondashuv
???? Manzil: Crocus Expo, Moskva shahri
???? Sana: 2025-yil 2–4 sentabr
Sizni ko‘rgani va yangi imkoniyatlar haqida suhbatlashgani intizorlik bilan kutamiz!
Textile Salon’da ko‘rishguncha! ????