Global Textile tarixi
20/08/2025

Har bir kompaniyaning o‘z boshlanish nuqtasi bo‘ladi. Global Textile uchun hammasi bir orzu bilan boshlangan edi - o‘zimizning ip yigirish fabrikamizni qurish. Bu tadbirkorlik sari birinchi qadamlar edi. Biz uzoq vaqt ushbu g'oya haqida gapirganmiz va unga qat’iyat bilan intilganmiz.
Yo‘l oson bo‘lmagan. Har tomondan negativ fikirlar eshitardik:
«Boshlashga ham arzimaydi! Siz buni eplay olmaysiz! Axir siz bu murakkab biznes haqida hech narsa bilmaysiz…»
Ammo shunga qaramay, aynan shu yerda - Toshkentdagi Global Textile fabrikasida dastlabki stanoklar g‘uvillab ishlagan. O‘sha kuni biz yaxshi eslaymiz: yangi paxtaning hidi, dastlabki mashinalarning shovqini, qo‘llarimizdagi ilk ip kalavalar. O‘sha dam biz orzuning qanchalik ro‘yobga chiqqanini his qildik.
Keyin biz jamoani to‘pladik. G‘oyaga biz bilan birga ishongan odamlarni, fabrikaga yonib turgan ko‘zlar bilan kelgan va «imkonsiz»ni «biz uddaladik»ga aylantirish mumkinligiga ishongan insonlarni. Aynan shu jamoa bizga og‘ir damlarda ham bardosh bergan. Ularning sharofati bilan biz bugun O‘zbekistondagi eng yaxshi iplarni ishlab chiqaradigan, yetakchi brendlar bilan hamkorlik qiladigan va ishonch bilan kelajakka nazar tashlaydigan kompaniyaga aylandik.
Bu - jasorat, ishonch va birgalikda butun bir industriyani o‘zgartira olgan odamlar haqidagi hikoya edi.
Va bu faqat birinchi bob xolos. Yangiliklarni kuzatib boring - tez orada biz sizlarga Global Textile’ning boshqa korxonalari va qadam-baqadam qurilgan tariximiz haqida so‘zlab beramiz.