Izlash

Global Textile tarixining ikkinchi bobi

19/09/2025

Toshkentda biz ilk qadamni qo‘ygan edik.
Haqiqiy jadal rivojlanish esa Farg‘onada boshlandi.

Aynan shu yerda biz to‘qimachilik majmuasini yo‘lga qo‘ydik, bu yerda ip yigirishga qo‘shimcha ravishda yangi yo‘nalishlar — mato ishlab chiqarish va zamonaviy bo‘yash jarayoni ham qo‘shildi. Ultrat zamonaviy laboratoriyalar ochdik, sifat nazoratini kuchaytirdik va vertikallashtirish jarayonini boshladik — ishlab chiqarishning tobora ko‘proq bosqichlarini o‘z nazoratimizga oldik.

Farg‘ona Global Textile uchun birinchi marta bitta zavoddan chiqib, xom ashyodan tayyor matogacha kompleks yondashuv asoslarini shakllantirgan maskan bo‘ldi.

Bu yo‘lning faqat bir qismi xolos. Oldinda — kompaniyamiz qanday qilib bosqichma-bosqich rivojlanganini hikoya qiladigan yangi sahifalar kutmoqda.