Izlash

Global Textile V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda

17/06/2026

Global Textile V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda

Bugun Toshkent shahrida V Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur forum mamlakat va mintaqaning eng muhim iqtisodiy tadbirlaridan biri bo‘lib, unda dunyoning 100 dan ortiq davlatidan qariyb 4 ming nafar xorijiy mehmon ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishi, investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar hamda xalqaro hamkorlik uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni alohida ta’kidladi.

Global Textile kompaniyasi rahbari Muzaffar Razakov ham forum ishida ishtirok etmoqda.

Forum doirasida biznes vakillari, xalqaro tashkilotlar va potensial hamkorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va yangi investitsion imkoniyatlarni muhokama qilishga qaratilgan qator uchrashuvlar rejalashtirilgan.

Bunday xalqaro maydonlarda ishtirok etish kompaniya uchun ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash, professional muloqotni kengaytirish va yangi rivojlanish istiqbollarini ochishga xizmat qiladi.