Global Textile va global hamkorlik
11/12/2024



Korxonalarimizga AQSH elchixonasi, AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligi (USDA) va US Cotton vakillari tashrif buyurishdi. Ularning tashrifi O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik sanoati bo‘yicha dolzarb ma’lumotlarni yorituvchi GAIN (Global Agricultural Information Network) uchun yillik hisobotni tayyorlashning bir qismi edi.
Ishlab chiqarish jarayonlari qay darajada tashkil etilgani mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ular paxtani yetishtirishdan tortib tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda sifatga bo‘lgan e’tiborimizni alohida ta’kidladilar. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bunday yondashuv O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining yuqori salohiyati va jahon standartlariga mosligini namoyish etadi.
Biz o‘z yutuqlarimizni baham ko‘rib, paxta va to‘qimachilik sohasida xalqaro hamjamiyat uchun muhim hujjat bo‘ladigan kelgusi hisobot uchun ishonchli ma’lumotlarni taqdim eta olganimizdan mamnunmiz.