Izlash

Global Textile va regenerativ dehqonchilik!

Jahon miqyosidagi mutaxassislar eng yangi regenerativ dehqonchilik texnikasini sinab ko'rish uchun Global Textile kompaniyasini tanlaganlarida, bu alohida manoni anglatadi.
Kompaniyamiz tashabbusi bilan «Regenerativ Landwirtschaft» kitobi muallifi Ditmar Näser va barqaror qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishga qo‘shgan hissasi bilan tanilgan OFK vakili Yoaxim Lents O‘zbekistonda regenerativ dehqonchilik bo‘yicha tadqiqot olib borishadi. Shu maqsadda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan «Paxta sanoatini barqaror rivojlantirish va qo‘shimcha qiymatni oshirish» global loyihasi, shuningdek, «Better Cotton» dasturi doirasida Germaniya delegatsiyasi korxonalarimizga tashrif buyurdi. Mutaxassislarning tashrifidan maqsad O‘zbekiston sharoitida regenerativ dehqonchilikning ilg‘or usullarini sinab ko‘rish, innovatsion qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini joriy etish va moslashtirish bo‘yicha tajribalar o‘tkazishdan iborat edi.
Tadqiqotlar natijasi O‘zbekiston sharoitida regenerativ dehqonchilik to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqishni ifodalaydi, u Global Textilening innovatsion rivojlanish departamenti bilan birgalikda nashr etiladi va mamlakatning barcha fermerlari uchun milliy qo‘llanmaga aylanadi.
Global Textile va regenerativ dehqonchilik!