
Global Textile jamoasida turli iste’dod va qiziqishlarga ega insonlar faoliyat yuritadi. Ba’zan ularning yutuqlari ish faoliyatidan tashqarida ham namoyon bo‘ladi.
Xodimimiz Xudayberdiyev Muzaffar SPL SHOW production by ACV avtozvuk va tyuning chempionatida «Tyuning T1 Novichok» klassida 1-o‘rinni egalladi.
Chempionatning rasmiy bosqichi SOX EXPO Samarkand maydonida bo‘lib o‘tdi va unda MDHning besh davlati — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiyadan 100 dan ortiq ekipaj ishtirok etdi. Qatnashchilar avtozvuk va tyuning bo‘yicha o‘nlab yo‘nalishlarda bellashib, har bir klass bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
Bunday musobaqalarda avtomobil haqiqiy loyihaga aylanadi. Unda texnik yechimlar, aniq sozlash va detallarga e’tibor muhim o‘rin tutadi. Muzaffar o‘z avtomobilini T1 «Novichok» klassida taqdim etib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Global Textile xodimlarining o‘z qiziqishlarini rivojlantirib, turli sohalarda yuqori natijalarga erishayotganini ko‘rish biz uchun quvonchli.
Xodimlarimiz oldinda bo‘lishga intilsa, Global Textile ham doimo oldinda.