Izlash

Global Textile’da faqat chempionlar

Biz sizlar bilan ajoyib yangilikni o‘rtoqlashishni xohlaymiz: 2024-yil 27-sentabrda hamkasbimiz Moxlaroy Vahobjanova kikkboksing bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi!

Moxlaroy Vahobjanova 2022-yildan buyon Global Textile kompaniyasida xavfsizlik xizmatida faoliyat ko'rsatib kelyabdi va shu bilan birga Toshkent milliy universitetida taxsil olib kelmoqda. Yoshligidan sportga qiziqib, u katta muvaffaqiyatlarga erishdi: u to‘qqiz marta O‘zbekiston chempioni va uch marta Osiyo chempioni bo‘lgan.

Global Textile’da biz kuchli, maqsadga intiluvchi va iste’dodli qizlar va ayollar bilan faxrlanamiz, ular o‘z misollari bilan ilhomlantiradilar. Moxlaroy — professionalizm, sport va ta’limni birlashtirgan holda har bir sohada ulkan yutuqlarga erishishning ajoyib namunasidir. Uning ajoyib muvaffaqiyatlari — bizning umumiy faxrimizdir va biz uni yangi cho‘qqilarga erishishda qo‘llab-quvvatlashdan xursandmiz. Ushbu g‘alaba yanada yorqin muvaffaqiyatlarning boshlanishi bo‘lsin!