Izlash

IFC va XMT Toshkentdagi Global Textile kompaniyasiga tashrif buyurishdi

2022-yilning 29-aprel kuni Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) va Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) vakillari Toshkentdagi “Global Textile” kompaniyasiga tashrif buyurishdi.

Uchrashuvda Global Textile guruhi asoschisi janob Muzaffar Razakov guruh tarkibiga kiruvchi barcha korxonalarning ishlash tamoyillari, oʻtkazilgan xalqaro auditlar va olingan sertifikatlar, innovatsiyalar va eng soʻnggi texnologiyalar, yangi imkoniyatlar va kelajakdagi rejalar haqida so'z yuritdi.

Xalqaro moliya korporatsiyasining investitsiyalar bo‘yicha katta mutaxassisi Natalya Donde xonim delegatsiya a’zolari bilan tanishar ekan, uchrashuvdan ko‘zlangan maqsadni tushuntirib o'tdi va mazkur tashrif tomonlarni tanishtirish uchun tashkil etilganligini ta’kidladi.

Kelgusida delegatsiya a'zolari Farg‘ona viloyatidagi bozor va Global Textile klaster tizimini batafsil o‘rganish uchun yana O‘zbekistonga tashrif buyurish niyatida ekanligini bildirib o'tdi.

Tashrif davomida XMT vakillari yigiruv fabrikasining ishlab chiqarish qismiga tashrif buyurib, mehnat sharoitlari bilan tanishdi va xodimlar bilan suhbatlashdi. Mehmonlar kompaniya erishgan yutuqlarni yuqori baholadilar va kelgusida hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

IFC va XMT Toshkentdagi Global Textile kompaniyasiga tashrif buyurishdi