Imkoniyatlar kuchliroq
11/02/2026

Bugun gap kim haqida ketadi deb o'ylaysiz?
Mehnati va qat’iyati bilan stereotiplarga o‘rin qoldirmayotgan xodimlar haqida.
Global Textile’da biz imkoniyatlar har qanday sharoitdan kengroqlikiga ishonamiz. Jamoamiz aynan shu qadriyat asosida shakllanadi.
Bugun tikuv seximizda eshitishida nuqsoni bo‘lgan iqtidorli ayollar faoliyat yuritmoqda. Ularning intiluvchanligi, mayda detallarga e’tibori va mas’uliyati hamkasblar tomonidan alohida e’tirof etiladi. Ish jarayoni shunchalik uyg‘un tashkil etilganki, muloqotdagi farqlar to‘siqqa aylanmaydi, jamoa bir-birini ortiqcha so‘zlarsiz ham tushunadi.
Biz esa o‘z navbatida ular uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratmoqdamiz: tibbiyot xodimlari kuniga ikki marta sog‘liq holatini nazorat qiladi, mehnat xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar muntazam ravishda nazorat olib borib, barcha qoidalarga rioya etilishini ta’minlaydi.
Ular bilan ishlash jamoamiz uchun katta quvonch. Faolligi, samimiyligi va tez o‘zlashtirish qobiliyati bilan ular umumiy muhitga iliqlik va o‘zaro hurmat olib kiradi.
Global Textile’da har bir inson qadrlanadi. Va har kim katta jamoada o‘z o‘rnini topa oladi.