Izlash

Global Textile “Inson uchun” festivali mukofoti bilan taqdirlandi

12/05/2026

Global Textile “Inson uchun” festivali mukofoti bilan taqdirlandi

Bugun Global Textile uchinchi bor o‘tkazilgan “Inson uchun” festivali doirasida mukofot bilan taqdirlandi. Festival inklyuzivlik, ijtimoiy faollik va insonlarni qo‘llab quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan.

Biz uchun ayniqsa Global Textile O‘zbekiston paxta to‘qimachilik sohasida bunday mukofotni olgan birinchi kompaniya bo‘lgani juda muhim.

Bugungi kunda mamlakatda insonlarga bo‘lgan munosabat, qo‘llab quvvatlash va ishtirok masalalariga qaratilayotgan e’tibor alohida hurmatga loyiq. Bunday tashabbuslar asta sekin biznes va jamiyat o‘rtasidagi muhitni o‘zgartirib bormoqda.

“Inson uchun” festivali nomi Global Textile jamoasiga ham juda yaqin. Kompaniyada xodimlarga bo‘lgan munosabat, ish muhiti va insonlarning o‘sishi hamda rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar aynan shu tamoyillar asosida shakllanadi.

Festival doirasida Global Textile jamoasi kompaniya ichida bu ishlar qanday yo‘lga qo‘yilgani va qanday tamoyillarga asoslanishini ko‘rsatadigan videoni taqdim etdi. Video kompaniyamizning YouTube kanalida mavjud.