Izlash

Iqtisodiy forum o‘z ishini boshladi

Ipak yo‘lida joylashgan qadimiy shahar, iqtisodiy islohotlar va kutilayotgan yorqin umidlar —Iqtisodiy forum o‘z ishini boshladi

Bugun II O‘zbekiston Iqtisodiy forumiga start berildi. Bu yilgi asosiy mavzu  “Inson manfaatlarini iqtisodiy islohotlarning bosh mazmuniga aylantirish”, deb nomlandi. 

II O‘zbekiston Iqtisodiy forumi ishtirokchilari Yangi O‘zbekistonning kelgusi besh yilga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasini ochiq va chuqur muhokama qilishlari kutilmoqda.

Forumning tantanali ochilish marosimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning tabrik nutqini Prezident matbuot-kotibi Sherzod Asadov o‘qib eshittirishi bilan boshlandi. Forum Ishtirokchilari ikki kun mobaynida panel munozaralar, davra suhbatlari, biznes-netvorking va matbuot anjumanlarida qatnashishlari kutilmoqda.

Global Textile kompaniyalar guruhi rahbari Muzaffar Razakov forumga tashrif buyurib, panel munozaralarda qatnashish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Yangiliklarimizni kuzatib boring!

Iqtisodiy forum o‘z ishini boshladi