Ish quroling soz bo'lsa, mashaqqating oz bo'lur
03/02/2026

Xalqimizda “Ish quroling soz bo'lsa, mashaqqating oz bo'lur” deb aytishadi.
Global Textile kompaniyasining agro yo‘nalishida bu naql o‘zining amaliy ifodasini topadi.
Bugun yangi ekish mavsumiga tayyorgarlik bosqichi boshlanmoqda va biz uchun boshlang‘ich nuqta - agrotexnika hisoblanadi. Aynan texnikaning holati dala ishlarining umumiy sur’atini belgilaydi, muddatlarga rioya etilishini ta’minlaydi va yakuniy natijaga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Puxta texnik tayyorgarliksiz daladagi ishlar o‘z mazmunini yo‘qotadi va jarayonni to‘g‘ri tashkil etish imkonsiz bo‘ladi.
Shu sababli bugungi kunda asosiy e’tibor texnikani tekshirish, sozlash va texnik xizmat ko‘rsatishga qaratilgan. Har bir mexanizm aniq va ishonchli ishlaganda, ekish ishlari uyg‘un va uzluksiz amalga oshiriladi.
Global Textile’da biz ekish ishlariga tizimli va ongli yondashamiz - mavsum poydevorini dalaga ilk chiqishdan ancha oldin shakllantiramiz.