
Yangi preparatlar, yangilangan himoya sxemalari, boshqa mamlakatlardagi hamkasblar tajribasi. Agronomiyada doimo o‘rganib boriladi. Mutaxassislarimiz Turkiyada g‘alla ekinlarini begona o‘tlar, kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilishga bag‘ishlangan ixtisoslashgan seminarda qatnashib qaytdi.
Global Textile uchun bunday uchrashuvlar turli mamlakatlar yondashuvlarini solishtirish va dalalarimizga mos keladiganini tanlash imkonini beradi. Biz 2027-yil uchun bug‘doyni himoya qilish va oziqlantirish dasturini hozirdan tuzyapmiz. Dastur o‘simlikning rivojlanish bosqichlari bo‘yicha va xo‘jalikning har bir tumani uchun alohida ishlab chiqilmoqda.
2027-yil hosili bugundan boshlanadi.