Janubiy Koreyadan delegatsiya Global Textile’da
Farg‘ona viloyati hokimiyati tashabbusi bilan Janubiy Koreyaning Chunchxonnam-do provinsiyasidan kelgan rasmiylar va ishbilarmonlardan iborat delegatsiya Global Textile korxonasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlarga korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, sifat nazorati tizimi va xalqaro standartlarga asoslangan ish uslubi namoyish etildi. Delegatsiya ishlab chiqarish quvvatlari va kompaniyaning jadal rivojlanish sur’atlari bilan tanishdi.
Uchrashuv ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish, tajriba almashish va yangi aloqlarni yo‘lga qo‘yish uchun samarali maydon bo‘ldi. Bu tashrif O‘zbekiston sanoat salohiyati va global bozorga taklif qiladigan imkoniyatlarini yana bir bor namoyon etdi.