Jeneva, 12-iyun. O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhning 10-yig‘ilishi
13/06/2025

Global Textile kompaniyasi bosh direktori Muzaffar Razakov xususiy sektor va to‘qimachilik sohasi nomidan so‘zga chiqdi.
U biznes uchun JSTga a’zo bo‘lishni O‘zbekiston olib borayotgan islohotlarning navbatdagi mantiqiy bosqichi sifatida taqdim etdi.
O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘zgarishlar kuchli turtki berdi: liberallashtirish, tartibga solishni soddalashtirish, yangi rag‘batlar. Aynan xususiy sektorga asoslangan to‘qimachilik sohasi bu o‘zgarishlarni birinchi bo‘lib his qildi. Bugungi kunda unda paxtadan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan samarali zanjirlar yaratilgan.
Mahsulotlar o‘nlab mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Zamonaviy yondashuvlar, xalqaro standartlar (GSP+, BCI, OEKO-TEX) va barqarorlik, kuzatuvchanlik, sifatga urg‘u berilishi raqobatbardoshlikni ta’minlamoqda.
Ammo yanada barqaror taraqqiyot uchun tizimli shart-sharoitlar zarur: oldindan aytib bo‘ladigan qoidalar, kelishilgan me’yorlar, institutsional kafolatlar. JST a’zoligi aynan mana shu imkoniyatlarni beradi.