Izlash

Kelajakdagi hosilni belgilaydigan 30 kun

13/07/2026

Kelajakdagi hosilni belgilaydigan 30 kun

Qishloq xo‘jaligida shunday davrlar bo‘ladiki, unda bir kunning o‘zi butun mavsum natijasiga ta’sir qilishi mumkin.

Ayni paytda Global Textile jamoasi uchun ana shunday mas’uliyatli davr boshlandi.

Oldinda hosilning taqdirini belgilaydigan 30 kun turibdi. Ekin ekilgan kundan buyon amalga oshirilgan barcha ishlar endi har kungi puxta rejalashtirilgan, aniq va hamjihat mehnat bilan davom ettirilishi kerak.

Global Textile’da bu jarayon yagona tizim asosida tashkil etilgan. Har tong dalalardagi vaziyat tahlil qilinadi, kunlik vazifalar belgilanadi va barcha boshqaruv bo‘g‘inlari o‘rtasida ma’lumot almashiladi. Kun davomida agrotexnik tadbirlarning bajarilishi nazorat qilinadi, yuzaga kelgan masalalar tezkor hal etiladi, kun yakunida esa natijalar sarhisob qilinib, ertangi kun rejalari belgilanadi.

Qishloq xo‘jaligida vaqtni boy berishga o‘rin yo‘q. Bugun bajarilmagan ishni ertaga to‘liq qoplashning imkoni bo‘lmaydi.

Biz ishonamizki, mo‘l hosil minglab kundalik qarorlar, mutaxassislarning tajribasi, halol mehnat va butun jamoaning hamjihatligi natijasidir. Bugun aynan shu tamoyillar Global Textile uchun eng muhim ustuvor yo‘nalish hisoblanadi.