Kelajakga investitsiya
Bugun Global Textile kompaniyasiga Korea International University in Fergana (KIUF) delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlar tarkibida prorektor, fakultet dekanlari hamda universitet talabalari bor edi.
Biz mehmonlarga ishlab chiqarish jarayonlarining asosiy bosqichlarini, korxonalarimizda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlarni tanishtirdik.
Tashrif davomida dual ta’lim sohasida hamkorlik masalasi muhokama qilindi. KIUF bizning soha ehtiyojlariga mos mutaxassislarni tayyorlash tashabbusini ilgari surdi. Bu Global Textile falsafasiga to‘liq mos keladi, chunki biz ta’lim va malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratamiz. Aynan ular – to‘qimachilik sanoatining kelajagi.
Bugun imkoniyatlar yaratib, ertangi kunning mustahkam sanoatini shakllantiramiz.