
«Keyingi partiya ham xuddi shunday bo‘ladimi?»
Paxta ipi xaridori uchun bu eng muhim savollardan biri. Chunki trikotaj mato, undan keyin esa tayyor kiyim sifati ip ko‘rsatkichlari qanchalik barqarorligiga bog‘liq.
Global Textile’ning xalqaro sertifikatlari orasida aynan shu savol bilan bevosita bog‘liq bittasi bor. Bu Usterized®.
Uning g‘ayrioddiy nomi Uster Technologies kompaniyasidan olingan. Kompaniya o‘z tarixi boshlangan Shveytsariyaning Uster shahri nomini oladi. Bugun kompaniya uskunalari dunyo bo‘ylab to‘qimachilik korxonalariga ko‘z bilan aniq baholab bo‘lmaydigan ko‘rsatkichlarni o‘lchashga yordam beradi. Bular ipning mustahkamligi, tekisligi va nuqsonlar soni.
Usterized® sertifikatini olish uchun yigiruv fabrikasi Uster mutaxassislari o‘tkazadigan auditdan o‘tadi. Ular laboratoriyalar ishini, o‘lchovlar aniqligini va butun sifat nazorati tizimini baholaydi.
Sertifikatlash jiddiy investitsiya, malakali mutaxassislar va yuqori talablarga doimiy rioya qilishni talab etadi. Shu bois Usterized® nisbatan kam sonli ip ishlab chiqaruvchilarga nasib etadigan sifat belgisi bo‘lib qolmoqda.
Keyingi partiya haqidagi savolga esa Global Textile’da o‘lchov natijalari bilan javob berishadi. Ularning har biri ortida bir xil sifat nazorati tizimi turadi.