
Vafli mato uzoq yillardan buyon uy tekstili uchun klassik material hisoblanadi. Biroq u ko‘pincha to‘qima texnologiyasida ishlab chiqariladi. Global Textile esa ushbu mashhur fakturaga zamonaviy yondashuvni taklif etadi — trikotaj vafli.
Trikotaj usulida ishlab chiqarilgan material yanada yumshoq, elastik va foydalanishda qulay bo‘ladi. Hajmli katakchali tuzilma issiqlikni yaxshi saqlaydi. Shu bilan birga mato yengil, havo o‘tkazuvchan, namlikni yaxshi shimadi va tez quriydi.
Aynan shu xususiyatlari uni xalatlar, uy kiyimlari, lounge wear, bolalar kiyimlari, sochiqlar, pledlar va boshqa ko‘plab mahsulotlar uchun universal yechimga aylantiradi.
Qizig‘i shundaki, xorijiy hamkorlarimizning e'tiborini ko‘proq aynan ushbu mahsulot tortadi. Ko‘plab brendlar va ishlab chiqaruvchilar uchun vafli fakturasi hanuzgacha faqat to‘qima mato bilan bog‘lanadi. Shu bois trikotaj vafli ular uchun tanish materialning yangi imkoniyatlarini kashf etishga xizmat qiladi.
Global Textile zamonaviy texnologiyalar, funksionallik va qulaylikni o‘zida mujassam etgan trikotaj matolar assortimentini izchil kengaytirishda davom etmoqda.