Ko‘rishga arzigulik to‘qimachilik ishlab chiqarishi
29/01/2025



Ishlab chiqarishni rivojlantirish — bu nafaqat texnologiyalarni joriy etish, balki tajriba almashish hamdir. Farg‘onadagi korxonamizda biz Devid Xoffman boshchiligidagi USAID vakillarini kutib oldik va ular uchun yigirishdan bo‘yashgacha bo‘lgan asosiy jarayonlar bo‘yicha ekskursiya o‘tkazdik.
Mehmonlar ishlab chiqarishning barcha bosqichlari yaxshi tashkil etilgani va integratsiyalashgani haqida ijobiy fikr bildirdilar. O‘z navbatida, biz ta’lim sohasida hamkorlik qilish, texnologik yechimlar almashish va barqaror tashabbuslarni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildik.
Kompaniyamiz hamkorlikka ochiq va doimo o‘sish uchun yangi imkoniyatlarga intiladi.