
Bu yil noyabr iliq va quyoshli kelmoqda. Bu qishlashga tayyorlanayotgan kuzgi bug‘doyimiz uchun ham yoqimli sovg‘a.
Qizig‘i shundaki, tabiatning o‘zi bug‘doyning qishdan omon chiqishini ta’minlagan. Havo asta-sekin sovigan sari o‘simlik hujayralarida shakar to‘planadi. U tabiiy antifriz vazifasini bajarib, hujayralarni past haroratda shikastlanishdan asraydi. Qor qoplami esa tabiiy isitgich bo‘lib, yosh o‘simliklarni qattiq sovuqdan himoya qiladi.
Hozircha Global Textile dalalaridagi noyabr ko‘kati bilan maroqlanamiz. 2027-yilgi bug‘doy hosili bugun aynan shunday ko‘rinadi.