Made in Uzbekistan!

Chet eldagi do‘konga kirib, rafda Made in Uzbekistan markirovkasi bilan Global Textile mahsulotini ko‘rganingda qalbingda faxr va quvonch paydo bo‘ladi. Bu yozuv ortida bizning mehnatimiz, butun jamoamizning sa’y-harakatlari va mamlakatimizdagi islohotlarning natijasi mujassam.

Bugun Global Textile mahsulotlari Yevropaning yetakchi sport brendlari va yirik riteylerlarida taqdim etilgan. Ayniqsa, Shveytsariyada — sifat eng muhim qadriyat bo‘lgan yurtda futbolkalarimizni ko‘rish biz uchun alohida faxrdir.

Har bir futbolkamiz chet elda — o‘zbek to‘qimachilik sanoatining haqiqiy reklamasidir!