Izlash

Markaziy Osiyodagi eng yirik tekstil zavodi

2023-yil 2-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida Global Textile Infinity korxonasini borib ko‘rdi.

Bu Prezident Sh. Mirziyoyevning korxonamizga ikkinchi tashrifi bo‘ldi. Undan avval davlatimiz rahbari 2022-yil may oyida mazkur hududga safar doirasida «Global Textile Infinity» loyihasi bilan tanishgan edi.

Global Textile Infinity kompaniyamizning ulkan loyihasi bo‘lib, ishlab chiqarish quvvati bo‘yicha nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyodagi eng yirik tekstil kompleksi deb hisoblanadi! Mazkur kompleks 18 million metr aralash mato va 10 million tayyor mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. 

Ishlab chiqarishda eng ilg‘or texnologiyalar qo‘llanmoqda. Masalan, zavodning tom qismiga quyosh panellari o‘rnatilmoqda. Buning natijasida qariyb 23 foizgacha energiya samaradorligiga erishish mumkin. Mahsulotning yuqori sifatini ta’minlash uchun Shveysariyaning «Rieter machine works» uskunalari o‘rnatilgan hamda korxonada sifat laboratoriyasi tashkil etilgan.

Loyiha bilan tanishib, Prezident tayyor mahsulotlar turini ko‘paytirish, taniqli brendlar bilan hamkorlik o‘rnatish zarurligini ta’kidladi.

Markaziy Osiyodagi eng yirik tekstil zavodi