Mavsum ochildi!
28/07/2025

Global Textile’ning Surxondaryodagi dalalarida ilk paxta chanoqlari ochila boshladi. Bu — butun mavsumdagi eng hayajonli lahzalardan biri. Chunki uzoq oylik mehnat nihoyat o‘z natijasini bera boshladi.
Biz odatdagi muddatlardan deyarli bir oyga oldindamiz. Bu tasodif emas. Erta ochilish ortida aniq agrotexnik hisob-kitob, kuchli jamoa va har bir detaldagi e’tibor yotadi. Prognozlarimizga ko‘ra, endi bir hafta–ikki hafta ichida ommaviy pishib yetilish bosqichiga o‘tamiz.
Janub yaxshi start berishini bilardik. Aynan bizning dalalarimiz birinchi bo‘lib natija ko‘rsatayotgani bilan faxrlanamiz.
Oldinda hali ko‘p ishlar bor. Aytgandek, yaqin kunlarda yana bir muhim yangilikni e’lon qilamiz. Kanalda qoling!