
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida Global Textile rahbari Muzaffar Razakov «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlanganini faxr bilan ma’lum qilamiz!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq, mamlakat rivojiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh davlat xizmatchilari, shuningdek, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy soha vakillari ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlandi.
Bu biz uchun alohida quvonchli xabar. Muzaffar Mahamatovich rahbarligida kompaniyamiz bir g‘oyadan bugungi kunda Toshkent, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida faoliyat yuritayotgan hamda minglab insonlarni birlashtirgan vertikal integratsiyalashgan kompleksga aylandi.
Muzaffar Mahamatovichni ushbu yuksak davlat mukofoti bilan samimiy muborakbod etamiz! Bu quvonchli lahzani butun Global Textile jamoasi bilan baham ko‘rishdan mamnunmiz.