Izlash

"Nima eksang — shuni o‘rasan": hosilni yetishtirish bilan birga, uni to‘g‘ri yig‘ib olish ham muhim.

06/05/2025

"Nima eksang — shuni o‘rasan": hosilni yetishtirish bilan birga, uni to‘g‘ri yig‘ib olish ham muhim.

Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida Global Textile kompaniyasi tuman hokimligi bilan hamkorlikda g‘alla o‘rim-yig‘imiga tayyorgarlikka bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etdi — bu qishloq xo‘jaligi mavsumining muhim bosqichlaridan biridir.

Tadbir doirasida kombaynlarning texnik holati ko‘zdan kechirildi: 30 dona yuqori unumli texnika kapital ta’mirdan chiqarilib, to‘liq ishga tayyor holatga keltirildi. Tuman hokimi tayyorgarlik jarayonlari bilan bevosita tanishdi.

Jarayonning aniq tashkil etilishi, texnikaning o‘z vaqtida tekshiruvdan o‘tkazilishi va to‘liq ishga shay holatga keltirilishi — hosilni samarali yig‘ib olish va yo‘qotishlarni minimallashtirishni ta’minlaydi.
Global Textile qishloq xo‘jaligi ishlarini tizimli asosda yo‘lga qo‘yib, mintaqadagi agroindustriya sektorining barqarorligini mustahkamlashda davom etmoqda.